Bozor munosabatlari sharoitida va ayniqsa bozorga o`tish davrida turizm iqtisodiyotning eng dinamik sohalaridan biri hisoblanadi. Uning tez sur’atlarda o`sishi, katta hajmdagi valyuta tushumlari iqtisodiyotning turli sohalariga faol ta’sir ko`rsatadi. Bu esa turizm sanoatining shakllanishiga imkon beradi. Turizm sohasi hisobiga jahon yalpi mahsulotining 6% i, investitsiyalarning 7%i, har 16 ish o`rnining bittasi to`g`ri keladi.