Diyorimiz mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va jahon hamjamiyatidan rivojlangan davlat sifatida o’rin olish vazifasi qo’yildi. Albatta yurtimizda jahon talablariga mos keladigan har tomonlama rivojlangan, o’z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi insonlarni tarbiyalab yetishtirishda ta’lim muassasalarida o’qitishni yanada yuksak bosqichga ko’tarish, uning tarbiya bilan uyg’unligini ta’minlash katta ahamiyatga ega.