O`simliklar fiziologiyasi o`simliklarning hayot-faoliyatidagi umumiy qonuniyatlarni o`rganadi. Bularning asosida moddalar almashinuvining assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari yotadi. Shu bilan birga u o`simliklarni o`sishi va rivojlanishi, gullash, meva tugish, plastik moddalarning sintezi va to`planishi kabi fiziologik jarayonlarni tashqi muhit bilan bog`lab o`rganadi.