Tuproq unumdorligini va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda o’g’itlarning katta ahamiyatga ega ekanligi ilmiy tashkilotlarning juda ko’p tajribalarida isbotlangan va jahon dehqonchiligi tajribasida tasdiqlangan. Mineral o’g’itlardan foydalanish faqat XIX asrning ikkinchi yarmidangina boshlandi. Keyinchalik ulardan foydalanish yildan-yilga ortib bordi. Shunga ko’ra ularni ishlab chiqarish ham ancha ko’paydi: 2000 yilga kelib du nyo bo’yicha 307,2 mln.
tonna mineral o’g’it jumladan 170 mln. tonna kaliyli o’g’it ishlab chiqarilishi kerak. Lekin shunga qaramay go’ng qishloq xo’jaligida muhim o’g’itlardan biri bo’lib qolmoqda, chunki uning tarkibida o’simliklar uchun zarur barcha oziq elementlari bor, demak u qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini ortishiga kuchli ta’sir etadi.