Fanni o`qitish O`zbekistonda qabul qilingan avtomobil transportida yuk va passajirlarni tashishni belgilovchi standart va me’yorlarga asoslangan. Uni o`qitishda ilmiy-tekshirish ishlarida, ishlab chiqarishda orttirilgan ko`p yillik tajribadan foydalanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida avtomobil transportining rivojlanishi va undan foydalanish masalalari hamda mamlakatimiz va chetellar tajribalari talabalarga o`rgatiladi.