Davlat funksiyalari bilan bog`liq masalalarni o`rganish uning mohiyati, jamiyatda tutgan o`rni va ijtimoiy vazifasini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi. Odatda davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlari uning funksiyalari, deb ataladi. Ularning mazmuni boshqa tushunchalar bilan ham aloqadordir.
Davlat funksiyalari uning davri, siyosati, maqsadi, vazifalari va faoliyati bilan chambarchas bog`langan.