Dunyo tilshunosligining hozirgi holati fanimizda yangi yo`nalishlarning shakllanishini taqozo qilmoqda. Ular diqqat markazida lison-nutq masalasini turli daraja va ko`rinishda namoyon qiluvchi til va jamiyat, til va madaniyat, til va shaxs, milliy til va milliy tafakkur kabi substansial asoslarda hal qilinuvchi nutqiy muammolar turadi.