XX asrning 60-yillaridan boshlab navoiyshunoslik yanada sermahsul ishlarni amalga oshirdi. Xamsaning mukammal nashri (Porso Shamsiyev, 1960), Xazoyin ul-maoniyning akademik nashri (Hamid Sulaymonov, 1959-1960) va Alisher Navoiy Asarlari 15 tomligining e’lon qilinishi navoiyshunoslikdagi muhim voqealardan biri bo`ldi.