Abdinazar baxshi Poyon o`g`li o`z ijodida 40 ta xalq dostonlarini o`z variantlari nusxasida ijro etgan . O’zbekiston , Qozog`iston va Qirg`izistonda bo`lib o`tgan bir qator xalq baxshilari tanlovlarida faxrli o`rinlarni egallagan . Uning ijodida 200 ga yaqin termalari bor . Shundan ikkita zamonaviy dostonini (Tursun mergan va Ramazon chobag`on , Davrqul polvon) , 50 ga yaqin termalarini va 15 dan ziyod do`mbira kuylarini o`zi ijod qilgan.