Tadqiqot ishining maqsadi maqol janri va uning paydo bo`lishi haqidagi mulohazalarni o`rganish, uning xalqaro janrligiga e’tiborni qaratib, o`zbek va nemis xalq maqollarini o`zaro qiyoslash hisoblanadi. Xalq ijodiyoti asarlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o`rganish masalasida V.M. Jirmunskiyning tadqiqotlari alohida o`rin tutadi.