Hazrat Alisher Navoiyning Nazm ul-javohir asari 1968-yilda Navoiy asarlari XV jildligining XV-jildida nashr etilgsn bo`lib, uni matinshunos Porso Shamsiyev nashrga tayyorlagan. Biroq unda asarning muqaddima qismi va manzuma ruboiylarining g`oyaviy asosi bo`lgan Hazrat Ali hikmatlari tushirib qoldirilgan. Buning sababi shundaki, mazkur xayrli ishlar amalga oshirilgan davrda Nazm ul-javohir asarining g`oyaviy asosi Hazrat Alining hikmatli so`zlariga borib taqalishiga urg`u berib bo`lmas edi.