Oziq-ovqat inson hayotidagi eng
muhim unsurlardan biri hisoblanadi.
Iste’molchilar har doim sifatli va
xavfsiz mahsulotlar olishni istaydilar.
Xavfsiz oziq-ovqat deganda biz
odatda yuqori sifatli, ekologik toza,
GMОsiz (genetic
modifikatsiyalashgan organizmsiz),pestitsidlar singari oziq-ovqatga aloqador
zararli elementlar bo’lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Oziq-ovqat
xavfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo`lib, millatlarning
salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Aholi iste’mol qiladigan
oziq-ovqat sifati fuqarolar hayot kechirishining darajasi va sifatining muhim
tarkibiy qismi bo`lib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, shuningdek,
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatiga ham jiddiy ta’sir
ko’rsatadi. Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining sog`lig`ini saqlashga
imkon beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli ta`sir
ko`rsatadi. Xavfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning
barkamol o`sishi va rivojlanishiga yordam beradi, ko`pgina kasalliklarning
oldini oladi, shu orqali millat salomatligini ta’minlaydi. Butun dunyoda sun’iy
mahsulotlarni ishlab chiqarish kundan-kunga ko’payib borayotgan bugungi
kunda oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazoratni susaytirishga aslo yo’l qo’yib
bo’lmaydi.