Ge-Ne lazeri 0.63 mkm to`lqin uzunligidagi ko`ndalang razryadli o`ta yuqori chastotali
(KRO`YCH) lazer bo`lib, bu lazerlar refraktometriyada, doplerli o`lchagichlarda, masofa
o`lchagichlarda, spektroskopiyada, meditsinada, kichik siljishlarni va faza fluktuatsiyalarini
o`lchash uchun xizmat qiladigan prezitsion tizimlarda qo`llaniladi. He-Ne lazerining 1.52 mkm
to`lqin uzunlikdagi nurlanishi nur tolali aloqada qo`llanilishi istiqbolli sanaladi.
Eng avvalo, yuqorida sanab o`tilgan qurilmalarda lazerni qo`llanilishi uchun lazerning
damlash tizimini stabillangan manba bilan ta’minlash kerak bo`ladi. Buning uchun biz quyida
keltirilgan sxemadan foydalanamiz.