Algoritmlarni yozish uchun qo`llaniladigan tillar algoritmik tillar deb ataladi. Algoritmik tilni EHM ham tushunsa, u holda bu til dasturlash tili deb ataladi. Demak, algoritmik til yoki dasturlash tili ham berilgan misol yoki masalani yechish algoritmining yozish usullaridan biri ekan.