Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida muqobil energiyadan foydalanish jadal
suratlar bilan rivojlanmoqda. Xalqaro energetika agentligining ma’lumotlariga
ko’ra, jahon energetika balansida muqobil energiya ulushi 19% ga yaqinlashgan,
organik yoqilg’i (neft, gaz, ko’mir) 78% ni, yadro energiyasi esa 3% ni tashkil
qiladi. Muqobil energiyaning 9.3% ananaviy tabiiy biomassa(o’tin va boshqalar)ga
va qolgan 9.7% qismi yangi muqobil energiya turlariga kiradi (muqobil
energiyadan issiqlik energiyasi olish 4.1%, suv yordamida energiya olish 3.7%,
elektr energiya olish (suvsiz) 1.1% va bioyoqilg’i 0.8%).