Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, hamma sohalar qatori, ma’naviy jarayonga ham alohida e’tibor qaratila boshlandi. Ma’naviy jarayon ma’lum bir mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o`ynab kelgan va shunday bo`lib qoladi. Mamlakatning ruhan barqaror, sog`lom fikrli avlodi ma’naviy jarayon tufayligina o`z g`oyalarini, aqidalarini yaratgan.