O`quv qo`llanma davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq tayyorlangan bo`lib, u “Xalqaro audit” fani mavzulari bo`yicha tayanch so`z va iboralar, nazorat savollari, mavzu bo`yicha amaliy masalalar, testlar, glossariy va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan. «Xalqaro audit» fanidan amaliy mashg`ulot o`tish uchun o`quv qo`llanma 5A230900-Audit (tarmoqlar va sohalar bo`yicha), magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo`ljallangan.