Iqtisodiyot nazariyasi bo`yicha mazkur o`quv qo`llanmada iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot nazariyasiga oid mavzular o`rin olgan. Ayniqsa, iqtisodiyotning asosiy muammosi, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti, uning qonun-qoidalari va tartibga solish mexanizmlari rolini yoritishga alohida e’tibor qaratilgan.