O’lkaning o’sha kezlardagi mamuriy-hududiy holati, tabiati, xo’jaligi, savdo yo’llari va xalqaro munosabatlari geografiyasi xususida so’z yuritish uchun turli mazmundagi manbalardan foydalanishga to’g’ri keladi. O’lkaning XV asr boshlaridagi tarixiy geografik tavsifi ozmi-ko’pmi o’rin olgan yozma yodgorliklardan biri, ispan elchisi va sayyohi Klavixoning “Kundaligi”dir. Ushbu maqaloda mazkur asardagi Kesh tarixiy geografiyasiga oid malumotlarni taxlil qilish maqsad qilib qo’yildi.