Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1184-1292) o`ziga to`q va ma’rifatli xonadonda tavallud topgan. U dunyoga buyuk shoir, donishmand adib sifatida tanilgan. «Shayx» deb ko`proq so`fiylar boshlig`iga, diniy arboblarga nisbatan aytilgan. Taxallusidan ma’lum bo`lganidek, u sherozlik, Sheroz Eronning mashhur shaharlaridan biridir.