Hozirgi dunyoning rivoji xalqaro hamjamiyat tizimidagi olamshumul o`zgarishlar, jumladan ikki qutbli dunyoning qulashi va jahon geosiyosiy xaritasidagi o`zgarishlar bilan ifodalanishi mumkin. Bularning barchasi birgalikda davlatlar tomonidan yo`qotilgan muvozanatni kollektiv xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning yangi shakllari bo`lmish integratsiyaviy tashkilotlardan izlashga undadi.