2008 yil Umumta’lim maktablarida davlat dasturi asosida moddiy texnik bazasining rivojlanishi to`g`risida

2008 yil Umumta’lim maktablarida davlat dasturi asosida moddiy texnik bazasining rivojlanishi to`g`risida
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Maqola
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-19 06:28:03
Ushbu maqolada mustaqillik yillaridagi ta’lim tizimining moddiy texnik bazasining ta’minlanganligi to’g’risida yoritilgan. Mamlakatimizda boshlangan islohotlar istiqlolning ilk yilidan boshlaboq jamiyatimizning barcha jabxalarida o`z amaliy nishonalarini ko`rsata boshladi. Ayniqsa, ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, eng avvalo, uning huquqiy asoslari yaratildi.O`zbekiston ta’limi tarixida 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Ta’lim to`g`risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi Qonunlar eng muhim ahamiyat kasb etganligi shubhasizdir. Birinchi prizentimiz I.Karimov rahnamoligida qabul qilingan va chuqur tahlillarga boy bo`lgan mazkur Qonunlarda quyidagi asosiy vazifalar belgilab berildi: -ta’lim tizimini tubdan isloh qilish; -o`quv -tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko`tarish; -zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarning yangi usullarini joriy etish; -ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangi o`quv adabiyotlari, zamonaviy jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash; -pedagogik kasbga hurmatni oshirish, ularning mehnatga qiziqishini kuchaytirish uchun zarur bo`lgan ijtimoiy – iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish; Shuningdek, farzandlarimizni vatanparvar, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan, erkin fikrli, yangilik yaratishga ishtiyoqmand qilib voyaga etkazish asosiy maqsad qilib qo`yildi. Islohotlar davrida kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq hamda o`sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning, sog`lom turmush tarziga intilish va sportga mehr – muhabbatni singdirishning g`oyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni ta’minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi birinyai prezidenti I.Karimovning 2002 yil 24 oktyabrdagi”O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida“gi PF-3154-sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga asosan birinchi navbatda, qishloq joylarida bolalar jismoniy tarbiya va sportining moddiy bazasini shakllantirish, aholi manzilgohlarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog`ini barpo etish, ularning zamonaviy sport uskunalari hamda anjomlari bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ilg`or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga kengroq tadbiq etish, ta’lim sohasidagi axborot almashinuvini joriy etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida viloyatda 98 ta klaster maktablari, 110 ta Axborot-resurs markazlari tashkil etilib, eng so`nggi zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlandi. Unib-o`sib kelayotgan yosh avlodning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqalari, tasviriy san’atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo`lishi uchun zarur sharoitlar yaratish, boshlang`ich musiqiy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirish hamda zamonaviy moddiy - texnik bazasini shakllantirish, ularni musiqiy madaniyat va san’at sohasidagi yuqori malakali pedagog kadrlar va mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash yana bir amalga oshirilayotgan islohotlardan biri bo`lib, 2008 yil 8 iyuldagi O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimovning “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan davlat dasturi to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Дабавлено : 2021-04-19 06:28:03

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш