Vyetnam tilshunosligi o’zbek tilshunosligida yangi o’rganilayotgan yo`nalishlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan, o’zbek tilida vyetnam tili grammatikasiga doir ma’lumotlarning ko’pligi ushbu tilni o’rganuvchilar uchun yengilliklar yaratadi; vyetnam tili grammatikasini tez va oson o’zlashtirishga, uni aniq tushunishga, yordam beradi. Shuningdek, Vyetnam tilidagi fe`l nisbatlarining to`g`ri qo`llanishi fikrni aniq bayon etishda muhim sanalib, ushbu bitiruv malakaviy ishi vyetnam tilidagi fe’l nisbat bilan bog`liq zaruriy bilim va tushunchalarni beradi.