Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur va uni amalga oshirishni ta’minlashga yo’naltirilgan barcha me’yoriy hujjatlarda o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual imkoniyatlarini, individual-psixologik xususiyatlarini o’rganishga va shu asosda ta’lim va tarbiya ishlarini rejalashtirish va qayta qurishga katta e’tibor berilgan. Bu esa, boshqa fanlar bilan bir qatorda, yosh avlodni tarbiyalashda psixologiya fanining ham alohida o’rni mavjudligini ko’rsatmoqda