Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarni
jadallashtirish maqsadida “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” vazifalaridan
kelib chiqqan holda jamiyat taraqqiyotidagi burilish davri har tomonlama etuk,
chuqur bilimli kadrlar tayyorlash muammosi bilan uzviy bog`liqdir. Chunki,
jamiyat oldida turgan murakkab muammolar keng dunyoqarash va o`tkir tafakkur
ega bo`lgan malakali mutaxassis kadrlar tomonidan o`z echimini topadi. Ayniqsa,
fanlar sohasidagi bilimlarni egallash alohida ahamiyatga ega.