Hozirgi zamonda davlatimiz mustaqilligi tufayli fan va texnika sohasida
tubdan o`zgarishlar ro`y bermoqda. Bu o`zgarishlar barcha og’ir, engil sanoat
hamda qishloq xo`jalik sohalarida yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Davr talabi bu
birinchi navbatda erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan hamnafas. SHuning
uchun ham ishlab chiqarishga o`zaro raqobatla, bellashuvlar vujudga kelmoqda.