Qazilma boylik konlarini qazish natijasida tog` massivida bo`shliq hosil bo`lishi munosabati bilan tog` massivida o`zgarish sodir bo`ladi, muvozanat buziladi, foydali qazilmadagi tog` jinslarida deformatsiya va siljishlar ro`y beradi.
Yer yuzasi va tog` jinsining siljishi deb, yer osti kon ishlari ta`sirida ularda deformatsiya va siljish ro`y berishiga yoki gidrogeolgik sharoitlarning o`zgarishiga aytiladi.
Yer yuzasining siljishi va deformatsiyasi ko`mir havzalarida joylashgan turli inshoatlar va ob`ektlarning deformatsiyasiga olib keladi va ularga noqulaylik tug`diradi.