Ushbu amaliy mashg„ulotlar to„plamida “Marksheyderlik ishi” fanining dasturi asosida ishlab chiqilgan amaliy ishlarni bajarish tartibi keltirilgan.
Har bir amaliy ishda uning maqsadi bayon etilgan va qisqacha nazariy ma‟lumotlar keltirilgan, amaliyot stendining asosiy qismlari tushuntirib o„tilgan, amaliyot ishlarini bajarish uchun zarur bo„lgan moslamalar hamda ishlarni bajarish tartibi, hisobotning tarkibi, zaruriy adabiyotlarning ro„yxati berilgan.
Ko„rsatmadan maqsad nazariy ma‟lumotlarni tajriba o„tkazish natijalaridan kelib chiqqan ma‟lumotlar yordamida hisoblab amalda qo„llash ishlari ko„zda tutilgan. Har bir parametrlar bo„yicha misollar keltirilgan bo„lib talabalarning bilimlarini mustahkamlashda ma‟lum bir ko„nikmalar hosil qilishda muhim rol o„ynaydi.