Darslik ikki qismdan iborat bo‗lib, uning birinchi qismida chiziqli elektr va magnit zanjirlari nazariyasi asoslari yoritilgan. U oliy o‗quv yurtlarining elektroenergetika, elektrotexnika, radiotexnika, avtomatika va boshqa yo‗nalishlarida ta`lim oladigan bakalavr talabalar uchun mo‗ljallangan bo‗lib, elektrotexnikaning eng zamonaviy o‗quv dasturiga asoslangan. Darslikdan bakalavriat talabalari va magistrantlar, doktorantlar hamda soha mutaxassislari foydalanishlari mumkin.