Ushbu uslubiy qo„llanma «Sanoat korxonalarining elektr ta‟minoti» fanining asosiy bo„limlarini o„z ichiga olgan holda, to„plamda uyga beriladigan mustaqil ishlarning yechilish namunalari berilgan. Amaliy mashg„ulotlar jarayonida talabalar energiyadan oqilona foydalanish, sanoat korxonalari miqyosida hisobiy yuklamalarni hisoblashning amaliy namunalari, reaktiv quvvat kompensatsiyasi, elektr yuklamalar kartogram-masi va bosh pasaytiruvchi podstansiyani o„rnatish joyini aniqlash, transformator podstansiyasida transformator tanlash, kabel liniyalarining kesim yuzasini aniqlash, elektr ta‟minoti tizimida qisqa tutushuvni hisoblash, kabel liniyalarini termik bardoshligi va kuchlanish isrofi bo„yicha tekshirish hamda elektr apparatlar tanlash va boshqa loyihalash jarayonidagi hisoblashlarni masalalar yordamida chuqurroq o„rganadilar.