Differensial o’yinlar nazriyasining markazida o’yinchilarning optimal strategiyalarini qurish va tadbiq etish muhim o’rin tutadi. Dissertatsiyada olingan asosiy natijalar o’yinchilar boshqaruviga chiziqli chegaralanishlar qo’yilganda shunday strategiyalarning qurilishi va tadbiq etilishidadir. Bu natijalar mohiyatiga ko’ra boshqaruv nazariyasining asoslarini rivojlantirishga qaratilganligi bilan alohida o’rin tutadi. Differensial o’yinlar nazaryasida boshqaruvlarga qo’yiladigan odatdagi geometrik va integral chegaralanishlarni yanada kuchaytiruvchi yangi turdagi chiziqli chegaralanish ko’rilgan. Quvuvchi va qochuvchining boshqaruvlariga chiziqli chegaralanish qo’yilgan hol uchun optimal yaqinlashishning kafolatlovchi parallel quvish strategiyalari qurilgan va ular asosida tutish masalasi yechilgan. Quvuvchining boshqaruviga chiziqli, qochuvchining boshqaruviga esa geometrik chegaralanish qo’yilgan holda quvish-qochish masalasi to’la hal qilingan.