Qo`llanmada umumiy o`rta ta’lim, o`rta maxsus va kasb-hunar ta’limi o`zbek tili kursi ma’lumotlari umumlashtirilib, ixcham shaklda ifodalangan. Qo`llanma umumiy o`rta ta’lim maktablarining 5-sinfidan 9sinfigacha mo`ljallangan “Ona tili” darsliklari hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining talabalari uchun yaratilgan “Hozirgi o`zbek adabiy tili” darsliklari ma’lumotlariga muvofiq holda tuzildi. Darsliklardagi ayrim nomuvofiq holatlar havolalarda izohlandi. Mazkur kitob oliy ta’lim muassasalari o`zbek filologiyasi, boshlang`ich ta’lim va tarbiyaviy ish bakalavr yo`nalishlari talabalariga, shunigdek, tayyorlik kurslaridagi abituriyentlarga hamda o`zbek tili fani o`qituvchilariga mo`ljallangan.