Fizik jarayonlar aslida fazoda sodir bo`lob, ularning matematik modellari fazoviy geometriyaning tushunchalari orqali ifodalanadi. Biz yashayotgan fazo uch o`lchamli bo`lib, unda o`rganilayotgan masalaning mohiyatiga qarab, turli koordinatalar sistemasini kiritish mumkin. Evklid geometriyasini algebraik usullar bilan o`rganishga moslashgan sistemalardan biri to`g`ri burchakli Dekart koordinatalar sistemasidir.