Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi jahon tajribasini e’tiborga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning o`ziga xos va mos yo`lini tanlab, uni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Iqtisodiy islohotlar natijasida erishilgan muvaffaqiyatlar, tub ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar, eng muhimi, islohotlarga bo`lgan yondoshuv jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, e’tirof etilmoqda.