Mazkur uslubiy ko’rsatmada o’zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalarining “O’zbek adabiyoti tarixi” fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy uslubiy ko’rsatma va topshiriqlar, zarur adabiyotlar va internet manzillarida mavjud saytlar berilgan. Uslubiy ko’rsatma o’zbek filologiyasi fakulteti talabalariga mo’ljallangan.
Uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi Ilmiy kengashi tomonidan 2004-yil 2-fevralda tasdiqlangan namunaviy dasturi asosida hamda OO’MTVning “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to’g’risidagi Nizomi”ga muvofiq tuzildi.