O’simlik xom ashyosi asosida arzon, xorijdan keltirilgan dori-darmonlarni o’rnini bosa oladigan va biosamaradorligi yuqori bo’lgan preparatlarni ishlab chiqarishda asosiy masalalardan biri ilmiy asoslangan sifat – nazorat tahlil uslublarini ishlab chiqish va standartlashdan iborat. Fitopreparatlar tarkibida xilma-xil biofaol moddalarni ko’p miqdorda saqlaganligi sababli, bunday dori vositalarini standartlash ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi.