Biz ko`zlarimiz bilan ko’radigan oddiy yorug`lik nurlari, ya`ni, ko`rinuvchi yorug`lik, tabiatda mavjud rang-barang elektromagnit to`lqinlar xilma-xilligining atiga kichik bir qismi xolos. Inson ko`zi ko`ra oladigan to`lqin uzunligi 380-780 nm oraliqqa to`g`ri keladi. Qolgan elektromagnit diapason soxalarida albatta fotopriyomniklarga (fotodatchklar) tayanamiz. Hozirgi yuqori texnologiyalarni fotopriyomniklarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular yuqori texnologiyalarning asosiy sezgi organi “ko’zlari” deb atash mumkin. Fotopriyomniklar hozirda hayotimizda juda ham keng qo’llanilmoqda.