Sifatli boshqarish tizimlarga bo`lgan ehtiyoj, yangi axborot texnologiyalarini qo`llash sohasidagi yutuqlar hamda tez ishlovchi raqamli hisoblash mashinalarini inson faoliyatining barcha sohalariga tadbiq qilinish avtomatik boshqarish nazariyasi va amaliyotini keyingi rivojlanishiga sabab bo`ladi.
Harakatlanuvchi jismlar, xususan kuzatuvchi tizimlarning boshqarish tizimlarining tavsiflariga o`sib boruvchi talablar bu kabi tizimlarning loyihalashning samarali usullariga murojat qilish kerakligini talab qilmoqda. Mazkur holatda bu maqbul boshqarish nazariyasining zamonaviy uslublaridandir