Ushbu diplom loyihasida qo`shimchalar asosida temir-beton rigellar ishlab chiqarish korxonasini loyixalash, 5560x500x900 mm, maxs.27 ming,m3 .Loyihaning tushuntiruv yozuv qismida korxona bosh ishlab chiqarish korpusida ishlab chiqariladigan buyumlarning nomenklaturasi, ishlab chiqarish usullarining tapvsifi, temir beton buyumlari ni ishlab chiqarish jarayoni, issiqlik bilan ishlov berish jarayoni va unda energetik resurslar sarfini tejash yoritilgan. Hisob konstruktiv qismida korxonada ishlab chiqarilayotgan buyumning hisobi ko`rsatilgan. Iqtisod qismida bosh ishlab chiqarish korpusida qoliplanayotgan buyumlari tannarxining kalkulyasiyasi keltirilgan. Mehnat muhofazasi qismida temir beton buyumlarni qoliplash jarayonidagi xavfsizlik texnikasi qoidalari keltirilgan. Atrof muhit muhofazasi qismida temir beton buyumlari ishlab chiqarish korxonalaridagi atrof muhit muhofazasi talablari keltirilgan. Diplom loyihasining chizma qismida korxonaning bosh rejasi, bosh ishlab chiqarish korpusining rejasi, qirqimlari, yordamchi sex va omborlarning rejasi qirqimlari hamda bosh ishlab chiqarish korpusining fasadi ko`rsatilgan.