Ushbu darslik «Qurilish mashinalari» fanlaridan «Suv xo`jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» yo`nalishida ta’lim oluvchi bakalavr va magistrantlarga darslik sifatida tavsiya etiladi. Darslikda, qurilish mashinalarining sinflari, tuzilishi, konstruktiv asoslari, qo`llanilishi, hisoblash nazariyalari yoritilgan. Shuningdek, turli ish jihoziga ega bo`lgan mashinalarning asosiy ko`rsatkichlarini, quvvat balansini, tortish kuchini, statik va dinamik hisoblashni uslubiyati berilgan. Darslikdan irrigatsiya va melioratsiya sohasidagi injenertexnik xodimlar, shuningdek, ilmiy izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin