O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o`zbek modeli”ni va mamlakatni o`rta muddatli istiqbolda yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va modernizatsiya qilish Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish 2016-yilda iqtisodiy o`sish-ning barqaror va yuqori sur’atlarini saqlab qolishni va makroiqtisodiy muvozanatni, aholi hayot darajasi va sifati oshishini ta’minlaganligi qayd etib o`tish zarur.