Analitik geometriya kursi bakalavriyatning birinchi kursida o`qitilib, mutaxassislik fanlarining asosiylaridan biri hisoblanadi. Bu kursda birinchi, ikkinchi darajali algebraik tenglamalar bilan aniqlanuvchi chiziqlar va sirtlar o`rganiladi. Fazoda va tekislikda koordinatalari birinchi darajali tenglamalarni qanoatlantiruvchi nuqtalar to`plami mos ravishda tekisliklar yoki to`g`ri chiziqlarni aniqlaydi.