"Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e`tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta`lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi."