Ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish О`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustivor yо`nalishlaridan biridir. Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida kо`p va yirik mablag` talab etmaydigan xо`jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur’atlarini ta’minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar chegaralanganligi sharoitida iste’mol bozorini shakllantirish va uni tо`ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik kor¬xonalar bozor talabining о`zgarishiga darhol moslashadi va shu yо`l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi. Kichik biznes yangi ish о`rinlarini yaratishi bilan о`sib boruvchi ishsizlik muammosini yumshatadi va uning yana bir muhim jihati shundaki, u raqobat muhitini shakllantiradi va bu, bugungi, yuqori darajada monopollashgan iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega.