Mavzuning dolzarbligi. Hozirda qishloq xo’jaligida o’tkazilayotgan izchil iqtisodiy islohatlar aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirishi va bu sohadagi ta`minotni tubdan yaxshilashga qarilgan.
Meva ekinlarini etishtirish va ularni dastlabki qayta ishlov berishga keyingi vaqtda katta e`tibor berilmokda va ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ta`minotni tubdan yaxshilash hamda uni uzluksiz kupaytirib borish davr talabidir. Ayniqsa, bu borada meva-uzum, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga alohida e`tibor berish lozim.