Bozor munosabatlari sharoitida oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda chuqur o’zgarishlarga o’z bilim va tajribalari bilan moslasha oladigan, jahon andozalariga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni yetkazib berish muhim masala hisoblanadi. “Menejment va iqtisodiyot” fanidan o’quv dasturi chet el universitetlarida ushbu fanni o’qitish borasida orttirilgan tajriba asosida yozilgan bo’lib, unda bulajak mutaxassislarda ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish ko’zda tutiladi.