О`zbekiston Respublikasida neft va gaz sanoati kо`p tarmoqli hisoblanadi, о`zining tarkibida vertikal-integratsion tizimni tashkil qiladi, quduqning tubidan iste’molchigacha bо`lgan tarmoqni nazorat qiladi. Bunday katta quvvatga ega bо`lgan tizimning barqarorligini ta’minlash yetuk bilimdon mutaxassislarni о`qitishni va tarbiyalashni taqozo etadi. Neft va gaz tarmog`ida faoliyat yuritish uchun bir milliondan kо`p kollej bitiruvchilari, bakalavrlar va magistrlar mustaqillik yillarida tayyorlandi hamda shu sohada muvaffaqiyatli faoliyat kо`rsatmoqdalar.