O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so`ng ta’lim - tarbiya sohasida, milliy ahloq - odobni tiklash borasida, milliy urf - odatlar, turli - tuman an’analarni joy - joyiga qo`yish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo`lgani barchaga ayondir. Shu bilan birga yoshlarga xorijiy tillarni o`rgatish nafaqat xorijiy tillarni o`rgatuvchi pedagoglar oldiga qo`yilgan dolzarb masala, balki davr talabi bo`lib qoldi. Xo`sh, bu masalalarni xal qilishda qaysi milliy pedagogik merosimizga suyanishimiz mumkin.