Dissertatsiya ishidan ko`zda tutilgan asosiy maqsad Xosiyat Rustamova va Doniyor Mirzo she’riyatidagi poetik talqin va badiiy ifoda izlanishlarining mohiyati, etakchi estetik tamoyillarni aniqlash, qiyosiy tipologik tahlillar negizida badiiy mahoratlarining yangi qirralarini ilmiy-nazariy jihatdan umumlashtirish asnosida shoirlar ijodining o`zbek she’riyati taraqqiyotida tutgan o`rni va rolini belgilashdan iborat.