Keyingi yillarda O’zbekiston davlat konservatoriyasida ma’ruzali fanlarni muammoli yo’nalishdagi ma’ruzalar shaklida o’qitish yo’lga qo’yildi. Ushbu ma’ruzalar
matnini tuzishda ham san’at sohasida, xususan musiqa san’atiga oid fanlarni zamon talabidan kelib chiqib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda mashg’ulotlarni olib borishga asosiy e’tibor qaratilgan.